» » British Airways kompaniyasi bort kuzatuvchilari ish tashladi

British Airways kompaniyasi bort kuzatuvchilari ish tashladi


British Airways aviakompaniyasi xodimlari ish haqi kamligi tufayli 6 kunlik ish tashlashni boshladi. Bu haqda “Telegraf” xabar berdi.

“Kommersant” nashri yozishicha, ishlash sharoitidan norozi bort kuzatuvchilarining birinchi uch kunlik ish tashlashi 5—7-fevral kunlari o‘tkazilib, 9—11-fevralda norozilik aksiyasi davom etadi.

Unite kasaba uyushmasi British Airways aviatsiya sohasidagi eng kam ish haqiga amal qilishni to‘xtatishi va xodimlarning maoshini ko‘tarish lozimligini qayd etdi. Hozirda bort kuzatuvchilarning maoshi mamlakat aholisining o‘rtacha yillik maoshidan ham kam hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, namoyishchilar tomonidan ilgari surilgan talablar Mixed Fleet guruhiga mansub bort kuzatuvchilariga daxldor bo‘lib, ular yaqin va uzoq magistralli reyslarda faoliyat olib boradi. Kompaniya ularga yiliga 21 ming funt sterling (26,3 ming dollar)dan 24 ming funt sterling (31,3 ming dollar)gacha ish haqi belgilanishini va’da qilgan edi. Aslida ularning ish haqi 12 ming funt sterling (15 ming dollar)dan boshlanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют