» » Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekgidroenergo” jamiyatini tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekgidroenergo” jamiyatini tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “‘O‘zbekgidroenergo’ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Yangi tuzilma “O‘zbekenergo”ning GESlari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi negizida tashkil etiladi.

“O‘zbekgidroenergo”ni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tashkil etiladi.

“O‘zbekgidroenergo”ning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib:

Tashkil etilayotgan “O‘zbekgidroenergo”ning dastlabki ustav kapitali gidroenergetika energiya hosil qiluvchi korxonalarining davlat ulushi nominal qiymat bo‘yicha beriladi, shuningdek, “Gidroloyiha” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ va “Suvsanoatmash” AJning ustav kapitalidagi aksiyalarning davlat paketlari hisobiga shakllantiriladi.

Yangi tashkilotga Prezidentning 2-maydagi qarori bilan tasdiqlangan 2017—2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ijro etuvchi va mas’ul organ vazifasi yuklatilgan.

Farmonga muvofiq, “O‘zbekgidroenergo”ning GESlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘lar, faoliyat yuritayotgan GESlarni saqlab turish xarajatlarini chegirib tashlagan holda, qayta investitsiyalash yo‘li bilan Dasturda nazarda tutilgan yangi GESlar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi hamda yuridik shaxslarning foyda solig‘i soliq bazasidan chiqariladi.

Ayni vaqtda, “O‘zbekgidroenergo”ning GESlarida ishlab chiqarilgan elektr energiya uchun haq to‘lash qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda iste’molchilar uchun pirovard tarifning 85 foizi miqdorida shakllantiriladigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют