WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Mart oyi oxiriga qadar O‘zbekistonga yana 550 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinadi
Mart oyi oxiriga qadar O‘zbekistonga yana 550 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinadi
O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti hajmi 1 143 million kVt/soatni tashkil etdi. Bu haqda 21-fevral kuni Qirg‘iziston Sanoat va energetika davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Omorov ma’lum qildi, deb yozadi Tazabek nashri.
“Elektr energiyasini ishlab chiqarish 15,2 milliard kVt/soatni tashkil etdi — bu 2017-yilgiga qaraganda 2,3 milliard kVt/soatga yoki 18 foizga ortiq”, — deydi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, elektr energiyasini ishlab chiqarishning oshirilishi uning iste’moli va eksporti oshishi bilan bog‘liq.
“Mart oyi oxiriga qadar 2,4 sent qiymatida yana 550 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinadi”, — qo‘shimcha qiladi u.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?