» » Turkmaniston O‘zbekiston yordamida gaz va elektr energiyasini yetkazib berishni diversifikatsiya qiladi

Turkmaniston O‘zbekiston yordamida gaz va elektr energiyasini yetkazib berishni diversifikatsiya qiladi


21-fevral kuni Turkmanistonning Toshkentdagi elchixonasi Turkmanistonning 2017-yildagi tashqi siyosiy faoliyati natijalariga, shuningdek, joriy yilda respublikada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shiri Shiriyev matbuot anjumanida so‘zga chiqib, O‘zbekiston ishtirokida amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalarga to‘xtalib o‘tdi.

Energetika sohasidagi loyihalar haqida gapirar ekan, Shiri Shiriyev shunday dedi: “Barqaror energetika sohasida gap avvalo Turkmaniston va O‘zbekistonning mintaqada yirik ko‘lamli energetika loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki haqida bormoqda. Ularning qatoriga quvvati yiliga 25 milliard kubometr gazga teng bo‘lgan Turkmaniston—O‘zbekiston—Qozog‘iston—Xitoy gaz quvuri loyihasini kiritish mumkin.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga Turkmaniston—O‘zbekiston—Tojikiston—Afg‘oniston—Pokiston yo‘nalishi bo‘yicha elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha loyiha doirasidagi hamkorlikning istiqbollari yo‘nalishlari ham bor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika va transport sohalaridagi hamkorligi salohiyati har qachongidan ko‘ra ko‘proq talabgir, bu nafaqat mintaqaviy kesimda, balki butun Osiyo qit’asidagi iqtisodiy va savdo taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham shundaydir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют