» » Turkiyada Gulen va FETO bilan aloqalarda gumon qilinib qo‘lga olinganlar soni 113 ming kishidan oshdi

Turkiyada Gulen va FETO bilan aloqalarda gumon qilinib qo‘lga olinganlar soni 113 ming kishidan oshdi


Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng o‘tgan 8 oy davomida muxolifatchi Fathulloh Gulen va uning FETO tashkiloti bilan aloqalarda gumon qilinib, 113 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Hozirda 47 mingdan oshiq odam hibsda qolmoqda. Ular orasida 10 732 politsiyachi, 7 643 harbiy xizmatchi, 168 general, 2 575 sudya va prokuror, 208 mansabdor va 26 177 fuqaro bor”, — deya ta’kidladi Sulaymon Soylu. 

Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, o‘tgan vaqt mobaynida jami 113 260 kishi qo‘lga olindi. Ulardan 65,36 mingi keyinchalik qo‘yib yuborildi, biroq 41,5 ming nafari huquq-tartibot idoralari nazoratida turibdi. 863 nafar gumonlanuvchi esa qidirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (3-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют