» » Zoir Mirzayev “Bolalar istirohat bog‘i” qurish uchun yer ajratilmayotgan tadbirkorning muammosini hal qilib berdi

Zoir Mirzayev “Bolalar istirohat bog‘i” qurish uchun yer ajratilmayotgan tadbirkorning muammosini hal qilib berdi


Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev viloyatdagi tadbirkor va ishbilarmonlar bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazib, ularning muammolari bilan qiziqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

G‘uzor tuman hokimining qaroriga asosan, “Xo‘jaguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Umid Xoliqovga “Bolalar istirohat bog‘i” qurish uchun yer ajratilgan. Ammo ushbu yer maydoni “Sho‘rtanneftgaz” MChJ tasarrufidagi “Sho‘rtan” futbol klubi bilan nizoli bo‘lganligi sababli tadbirkor tomonidan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda viloyat hokimi G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Babaqulov, “Sho‘rtanneftgaz” MChJ rahbari Shokir Jabborov va tadbirkor Umid Xoliqov bilan alohida suhbatlashib, tadbirkorni qiynab kelayotgan masalaga oydinlik kiritilgan. Muammo shu joyning o‘zida hal etilgan.

Mavzuga doir: 

Tadbirkorning aytishicha, “Bolalar istirohat bog‘i” qurilishi uchun umumiy qiymati 2 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan. Tadbirkor tomonidan 1 milliard 200 million so‘m hamda 800 million bank krediti hisobidan qurilishi rejalashtirilgan istirohat bog‘i 2020-yil Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют