» » XTV Navoiyda maktab dezinfeksiya qilinmagani uchun 4 o‘quvchi gepatitga chalingani haqidagi xabarga izoh berdi

XTV Navoiyda maktab dezinfeksiya qilinmagani uchun 4 o‘quvchi gepatitga chalingani haqidagi xabarga izoh berdi


Navoiy viloyati Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi joriy yilning 2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Qishloqda 4 o‘quvchi gepatitga chalingan, ota-onalar iddaosicha, maktablar dezinfeksiya qilinmagan” sarlavhasi ostida tarqalgan tanqidiy maqola yuzasidan ma’lumot berdi.

“Xalq tilida ‘Sariq kasallik’ deb nomlanuvchi ‘Virusli gepatit A’ kasalligi qo‘zg‘atuvchisi ‘Gepatit A’ virusi hisoblanib, u jigar to‘qimasiga patalogik ta’sir o‘tkazadi. Odatda kasallik shamollash, holsizlik, ko‘ngil aynishi, najas va siydik rangining o‘zgarishi belgilari bilan kechadi. Shuning uchun ushbu belgilar bilan namoyon bo‘luvchi boshqa turdagi kasalliklarni istisno qilish, yuqumli kasalliklarni erta muddatlarda aniqlash maqsadida ushbu bemorlarning barchasi tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida qondagi ‘IgG’ spetsifik antitelalari miqdori aniqlanishi orqali kasallik tasdiqlangan bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Aksincha, tasdiqlanmagan bemorlar xonadoniga qaytariladi.

Maqolada keltirib o‘tilgan 4 nafar o‘quvchi haqiqatda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ‘URVK, virusli gepatit A’ tashxisi bilan keltirilgan. Ularning 2 nafarida klinik – epidemiologik va spetsifik tekshirish natijalariga asoslanib, ‘Virusli gepatit A’ tashxisi tasdiqlangan. Qolgan 2 nafar o‘quvchida ‘Virusli gepatit A’ tashxisi tasdiqlanmaganligi sababli ularga xonadoniga ketishga ruxsat berilgan. Langar qo‘rg‘onida ‘Virusli gepatit A’ kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostiga olinib, profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barcha bemorlar va muloqotda bo‘lganlar tibbiy kuzatuv ostiga olinib, aholi va maktab o‘quvchilari o‘rtasida ‘Virusli gepatit A’ kasalligi profilaktikasi bo‘yicha sanitariya va targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.

Maktablar dezinfeksiya qilinmaganligi esa haqiqatga ziddir. Chunki 2019-yil 23-aprelda Xatirchi tumani Dezinfeksiya stansiyasi va Xatirchi tumani XTB o‘rtasida Profilaktik dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun 16-raqamli shartnoma imzolangan. Unga asosan tumandagi barcha maktablarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Shu bois maqoladagi maktablar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Tumanda ‘Virusli gepatit A’ kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida 2610 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtiyoriy ravishda kasallikka qarshi emlangan bo‘lsa, ulardan 200 nafari bevosita Navoiy viloyati hokimligi homiyligi ostida emlandi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют