» » Turkmanistonning 3 ta viloyatida Gepatit A virusi tarqalgani xabar qilindi

Turkmanistonning 3 ta viloyatida Gepatit A virusi tarqalgani xabar qilindi


Turkmanistonning Toshhovuz, Lebob va Axalsk viloyatlarida Gepatit A kasalligi bilan xastalangan bemorlar shifoxonalarga murojaat qilmoqda.

Toshhovuz shifokorlari viloyatda Gepatit bilan bemorlarning og‘rish holatlari bundan uch yil avval kuzatilganini bildirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kasallik bu yil o‘z tipikligini yo‘qotgan: avval gripp alomatlari, so‘ngra bemor terisi rangining sarg‘ayishi holatlari va isitma ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Xastalanganlarning asosiy qismi bolalar va o‘smirlar.

“Fojiaga olib boruvchi holatlar ham kuzatilishi mumkin. Shifoxonalarda dorilar yetishmaydi. Og‘ir holatlarda shifokorlar “Geptral”ni tavsiya qilmoqda, ammo uni bolalar tibbiyotida qo‘llash 18 yilga cheklab qo‘yilgan. Dorining beshta ampulasi 600 manat turadi. Epidemiya haqida gapirish taqiqlab qo‘yilgan”, — deydi turkmanistonliklardan biri. Boshqa bir fuqaro maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar sanitariya vositalari yetishmasligi tufayli dezinfeksiya qilinmaganligini, kasallik tarqalgan muassasalarda ham ushbu ish amalga oshirilmaganligini bildirgan.

Axal viloyatida kasallik Tejen, Kaka, va Oqbug‘doy tumanlarida tarqalgan. Ushbu tumanlardagi shifoxonalarda Gepatit A bilan og‘rigan bolalarga joy qolmagan. Mariy viloyatida kasallik sabab ayrim bog‘cha va maktablarda karantin e’lon qilingan. Ayrim ota-onalar ish joyidan kasallik varaqasi ochtirmaslik uchun xasta farzandlarini ham maktab va bog‘chalarga yubormoqda. Ba’zilar esa farzandini mustaqil ravishda “Immunoglobulin” berib davolashga urinmoqda.

16-oktabrda “Turkmenistan Segodnya” axborot agentligi saytida Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining Davlat sanitariya epidemiologiya markazining xabari e’lon qilingan. Xabarda 2019-yilda Turkmanistonda 11 ta emlash xizmatlariga yana uchta pnevmokokk, rotavirus infeksiyalari hamda Gepatit A kasalligiga qarshi vaksinalash amalga oshirilayotganligi qayd etilgan.

Agentlik xabarida Turkmanistonning oxirgi yillarda bolalar o‘rtasida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda 95-99 foiz emlash ishlar amalga oshirilganligi bayon etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют