» » Xayriya aksiyasi. Jigar sirrozidan aziyat chekayotgan Sanjar Abdullayev saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj

Xayriya aksiyasi. Jigar sirrozidan aziyat chekayotgan Sanjar Abdullayev saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj


Sanjar Abdullayev 1984-yilning 14-noyabrida Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Unga 2005-yilda jigar sirrozi, gepatit B tashxisi qo‘yilgan.

Sanjar 13 yildan beri har 3—4 oyda shifoxonada davolansa-da, ijobiy natija bo‘lmayapti. Uning ahvoli kundan kunga og‘irlashmoqda.

“Hozirgi kunda gepatit B virusiga gepatit D virusi ham qo‘shilgan. Shifokorlar bunday holatda davolanib yurishi yana 3—4 yil davom etishini aytishgan. Chunki qornimda suv yig‘ilyapti, varikoz tomirlarim ham kengaygan, qon ketish xavfi borligini aytishdi. Tez-tez burnim ham qonab turadi. Shifoxonada yotganimda Hindistonda jigar ko‘chirish operatsiyasi haqida eshitdim va shu operatsiyani qildirgan odamlar bilan uchrashdim. Ularning sog‘lomligini ko‘rib menda ham mazkur operatsiyani o‘tkazish va shu orqali sog‘ayib ketish umidi uyg‘ondi. Toshkentga Hindistonning Artemis klinikasidan kelgan shifokor Maanzor Ahmad Mir qabuliga yozilib uchrashdim. Ahvolimni ko‘rdi va menga jigar ko‘chirish amaliyotini qilishsa, sog‘ayib ketishimga 90 foiz kafolat berdi. Bu operatsiya uchun 40 ming AQSh dollari kerak bo‘lar ekan, lekin menda bu mablag‘ yo‘q”, — deydi Sanjar.

Sanjarning otasi 2012-yilda vafot etgan. Onasi nafaqada. Hozirgi kunda uning davolanishi uchun akasi yordam bermoqda.

“Akamning topgani mening dori-darmonim va o‘z oilasidan ortmayapti. O‘zim eng kam oylik ish haqi miqdorida nafaqa olaman. Bulardan ortib Hindistonda davolanishga imkonim yo‘q. Iltimos, menga ushbu jigar ko‘chirish operatsiyasini amalga oshirish uchun moliyaviy yordam bering. Bu yaxshiligingizni umrbod unutmayman, umrimning oxirigacha sizlarni duo qilib yashayman”, — deydi u.

Sanjar Abdullayevga moddiy yordam ko‘rsatish  istagidagilar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:

Xayriya qilmoqchi bo'lgan tashkilot va kompaniyalar uchun: Hisob raqam Agrobank:23120000500000166001 MFO-00166.

Plastik karta orqali (CLICK, Payme):

Agrobank 8600 0417 2372 3764 (Abdullayev Sanjar Zarifovich)

Murojaat uchun telefon raqamlari: +998902884584

Onasi Muborak opaning telefon raqami +998911911443



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют