» » “Simyog‘och qulasa, undagi tok odamni o‘ldiradi”. Chiroqchiliklar chirib qolgan simyog‘ochlar ahvolidan tashvishda

“Simyog‘och qulasa, undagi tok odamni o‘ldiradi”. Chiroqchiliklar chirib qolgan simyog‘ochlar ahvolidan tashvishda


Chiroqchi tumanining “Suvliq” qishlog‘idagi simyog‘ochlar chirib, erta-indin qulash arafasiga kelgan. Aholi esa qulagan simyog‘ochdagi elektr toki odamlar hayotiga xavf tug‘dirishidan xavotirda. Bu haqda jurnalist O‘ktam Sadinov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Chiroqchi tumanining Chiyal xo‘jaligidagi “Suvliq” qishlog‘i menga begona emas! Yaqinda o‘zim tug‘ilib o‘sgan qishloqda bo‘ldim. Qishloqdagi keksa otaxonlar bilan uchrashib, ularning quvonch va dardlariga sherik bo‘ldim. Ayniqsa, Nurmamat bobo Yo‘ldoshev va Nordavlat bobo Payonovlarning shikoyati meni o‘ylantirib qo‘ydi. Ularning aytishicha, yashayotgan uylari atrofidagi simyog‘ochlar o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan. Simlar daraxtlarga chirmashib ketgan. Buning ustiga beton ustunlarga berkitilgan simyog‘ochlar chirib, nurash arafasida turibdi. Uzilgan simlarni qo‘lbola usulda daraxtlarga iplar orqali bog‘lab qo‘yishgan. Erta yo indin tokli simlar uzilib kimningdir ustiga tushib, halokat yuz bermasligiga kim kafolat beradi?

O‘ktam Sadinov, jurnalist

O‘ktam Sadinov ushbu ayanchli ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, qo‘rqib ketganini yozadi. Uning aytishicha, qishloq ahli bu muammo yuzasidan tuman hokimligi-yu, viloyat rahbarlarigacha hatto prokuraturaga ham murojaat qilgan. Ammo natija yo‘q. Ikki yil ichida qishloq ahli bormagan tashkilot qolmagan.

Jurnalist isbot sifatida ayanchli manzaralarni suratga olib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga havola qildi. Va viloyatning yangi rahbari Zoir Mirzayev yaqinda kadrlarni almashtirganini aytib, ushbu muammo ham viloyat rahbari e’tiboriga tushishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida “Daryo”da Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Xurramobod” qishlog‘i aholisi qo‘lbola simyog‘ochlardan foydalanayotgani haqida maqola e’lon qilingandi. Shundan so‘ng ikki kun ichida qishloqqa yangi simyog‘ochlar o‘rnatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют