» » Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi


O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Jangning aniq sanasi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, mazkur UFC kechasi 2020-yilning boshida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Murodovning bo‘lajak raqibi ham noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud UFC’dagi debyut jangini 28-sentabr kuni o‘tkazgandi. Murodov Kopengagenda bo‘lib o‘tagan UFC Fight Night 160 kechasi doirasida italiyalik Alessio di Kirikoga (12-4, 9 KO) qarshi oktagonga chiqib, uch raund yakunlariga ko‘ra, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют