» » Bekobodda uch o‘smir tamaddixonadagi ikki kishini pichoqladi

Bekobodda uch o‘smir tamaddixonadagi ikki kishini pichoqladi


5-noyabr kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida 17 yoshli uch nafar o‘smir o‘zining tengdoshlari bilan pichoqlashuv sodir etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Аniqlanishicha, tungi soat 00:30 da voyaga yetmagan 17 yoshli Ya.T. o‘zining tengdoshlari D.R. hamda D.P. bilan birgalikda Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida ovqatlanib o‘tirgan S.X. va Yo.S. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

O‘smirlar ularning qo‘l va oyoqlariga pichoq yordamida tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchilar ushlanib, voyaga yetmagan Ya.T. Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik”), D.R. hamda D.P. esa Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, holat yuzasidan so‘roq qilingan. So‘roq jarayonida ular iqrorlik ko‘rsatmalarini berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni o‘z xohishi bilan tergovga taqdim etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Bekobodda mahalladoshlar o‘rtasidagi janjal pichoqlashish bilan yakunlandi

Avgust oyida Bekobodda 10-sinf o‘quvchisi ikki nafar tengdoshini pichoqlaq qo‘ygani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют