» » Zangiotada 2 nafar bosqinchi tunda bir fuqaroning uyidan 30 mln so‘m o‘g‘irladi

Zangiotada 2 nafar bosqinchi tunda bir fuqaroning uyidan 30 mln so‘m o‘g‘irladi


Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaroning uyiga yuziga niqob kiygan shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bosqinchilik jinoyatini sodir etdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 5-noyabr kuni soat 03:30 da Akbar (ismi o‘zgartirilgan) va Shaxboz (ismi o‘zgartirilgan) yuzlariga niqob kiyib, bolta bilan qurollangan holda, fuqaro Rahim (ismi o‘zgartirilgan)ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Bosqinchilar Rahimga tan jarohati yetkazib, qo‘l va oyoqlarini elektr uchun sim yordamida bog‘lagan va yerto‘lada saqlangan 30 million so‘m pulni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan yashiringan.

Dastlabki tibbiy xulosaga ko‘ra, Rahimda bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tirsak suyagi o‘rta uchligidan yopiq maydanalib sinib siljishi, o‘ng yelka sohasi yuqori uchligi kesilgan jarohatlari aniqlangan.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ish uchun ahamiyatga molik ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan Аkbar va Shaxbozga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida Аkbar va Shaxboz ushlanib, ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, so‘roq qilingan. So‘roq davomida ular iqrorlik ko‘rsatuvlarini bergan hamda gumon qilinuvchi Akbarning uyidan 13 million 140 ming so‘m naqd pul, bir dona qora rangli niqob va uch dona rezina qo‘lqop ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют