» » Putin terakt ehtimolini Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashning asosiy versiyasi deya atadi

Putin terakt ehtimolini Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashning asosiy versiyasi deya atadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, “terrorchilik harakati belgilari” Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashlar uchun asosiy versiya sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Sankt-Peterburg metrosi portlashdan so‘ng to‘liq yopildi

Ayni vaqtda, Rossiya davlat rahbarining qayd etishicha, ko‘rib chiqilayotgan versiyalar orasida — “maishiy va kriminal” versiyalar ham bor.

Putin Sankt-Peterburgdagi metroda yuz beragn portlash oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, federal hukumat va shahar ma’muriyati hodisa oqibatida jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha barcha choralarni ishga soladi.

Putin ayni vaqtda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi, u 3-aprel kuni shu yerda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishi kerak edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Peterburg metrosining “ko‘k” yo‘nalishida, “Sennaya maydoni” va “Texnologiya instituti” bekatlari oralig‘ida yuz bergan portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin odam tan jarohati olgan.

Mavzuga doir: Peterburg metrosidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют