» » Prezident Nukusda Veterinariya texnikumini tashkil etish haqida topshiriq berdi

Prezident Nukusda Veterinariya texnikumini tashkil etish haqida topshiriq berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzoladi. “Huquqiy axborot”ning xabar berishicha, qarorga muvofiq Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. Prezident ushbu qarori bilan, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlagan.

Qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi. Filial bakalavriatiga 2020/21—2022/23 o‘quv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar bo‘yicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют