» » O‘zbekistonda 2 kunda 10 kishi is gazidan zaharlandi, 2 nafari halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2 kunda 10 kishi is gazidan zaharlandi, 2 nafari halok bo‘ldi


O‘zbekistonda yana is gazidan zaharlanish holatlari qayd etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, “Bog‘dod” mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea 9-noyabr kuni soat 7:30 larda sodir bo‘lgan.

Shuningdek, 10-noyabr kuni soat 13:00larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘i qo‘lbola usulda yasalgan isitish o‘chog‘iga ulangan tabiiy gaz ugari (is gazi)dan zaharlanib, vafot etgan.

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval  Samarqandda er-xotin is gazidan zaharlangani, erkak vafot etgani, ayoli esa kasalxonaga yotqizilgani, shuningdek, yangi qurilayotgan uyda 5 nafar usta ham is gazidan zaharlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: FVV is gazidan zaharlanmaslik uchun gaz uskunalaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal qilishni so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют