» » Sankt-Peterburg metrosidagi terakt oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlangan

Sankt-Peterburg metrosidagi terakt oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlangan


Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) ma’lumotlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq tan jarohati olgan.

Meduza’ning yozishicha, MAQ keltirgan ma’lumotlar — metrodagi terakt qurbonlari soniga doir ilk rasmiy axborotdir.

Avvalroq Sankt-Peterburg gubernatori matbuot xizmati, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra kamida 10 kishi halok bo‘lgani, 50 dan ortiq odam jabrlanganini ma’lum qilgan edi. 22 jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Portlash metroning “ko‘k” yo‘nalishida, “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Teraktdan so‘ng metroda ikkita portlash yuz bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, biroq MAQ axborot markazi boshlig‘i Andrey Prjezdomskiy faqat bitta portlash bo‘lganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют