» » Rishtonda ikki nafar voyaga yetmagan qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi

Rishtonda ikki nafar voyaga yetmagan qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

11-noyabr kuni soat 06:30 larda Rishton tumani “Zarariq” mahallasida yashagan voyaga yetmagan opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirgan va hammomni isitish uchun qo‘lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib qolishi natijasida tabiiy gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ob-havo sovishi bilan O‘zbekistonda is gazidan zaharlanib halok bo‘lish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan, 23-oktabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli K.G‘., turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola issitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

28-oktabr kuni Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan N.G‘. ismli erkak, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar o‘g‘li xonadon ichida tarqalgan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

2-noyabr kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv isitish gaz “kolonka”sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

4-noyabr kuni Samarqand shahridagi Qorasuv massividagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda ustachilik qilayotgan 7 kishi is gazidan zaharlangan.

Avvalroq, O‘zbekistonda 2 kunda 10 kishi is gazidan zaharlandi, 2 nafari halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют