» » Toifalangan obyektlarni himoya qilish bo‘yicha harbiy xizmatchilarning shayligi sinovdan o‘tkazildi (foto)

Toifalangan obyektlarni himoya qilish bo‘yicha harbiy xizmatchilarning shayligi sinovdan o‘tkazildi (foto)


Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining harbiy qismlardan birining shaxsiy tarkibi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shaxsiy tarkib “Trevoga” signali bo‘yicha yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi. Shaxsiy tarkib zudlik bilan o‘ziga biriktirilgan qurol-aslaha va himoya vositalari bilan saf maydoniga yig‘ildi. Harbiy qism komandiri tomonidan yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida bo‘linmalarga vazifalar taqsimlandi. Shundan so‘ng olingan jangovar vazifa bo‘yicha komandirning o‘ta muhim obyekt mudofaasi haqidagi qarori qabul qilindi va zudlik bilan mudofaaga kirishildi.

Maxsus-taktik o‘quv rejasiga ko‘ra, shartli dushmanni yakson qilish bo‘yicha bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan vazifalar 3 ta o‘quv nuqtasida tegishli vazirlik, idora va mahalliy organ vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Birinchi o‘quv nuqtasida shartli dushmanning obyektning shimoliy tomonida joylashgan nazorat o‘tish joyida chalg‘ituvchi zarbalar berishi va uning zahira bo‘linma tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi bo‘yicha mashqlar ko‘rsatildi. Aniq va tezkor amalga oshirilgan qarshi hujum muvaffaqiyatli yakunlanib, shartli dushman harakati to‘xtatildi.

Keyingi o‘quv joyidagi mashg‘ulotlar shartli dushmanning temir yo‘l transportidan foydalangan holda obyektga qilgan hujumini qaytarish va ularni zararsizlantirish bilan davom etdi.

Navbatdagi o‘quv nuqtasida shartli dushman o‘z rejasini amalga oshirish yo‘lida obyektga qarashli omborda texnogen xarakterdagi yong‘in sodir etishga urindi. Bu jarayonda ham harbiy xizmatchilar hamkor bo‘linmalar bilan birgalikda vazifani bajarishga kirishib, qisqa muddatda xavfni butunlay bartaraf etdi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari so‘nggida ko‘rgazmali o‘quv joylari tashkil etilib, shaxsiy tarkibning qo‘l jangi chiqishlari ham namoyish qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют