» » Termiz garnizonida harbiy qismlarning jangovar shayligi tekshirilmoqda (foto)

Termiz garnizonida harbiy qismlarning jangovar shayligi tekshirilmoqda (foto)


Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi to‘satdan tekshirish bo‘yicha inspektorlik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Kecha, 14-may kuni ertalabki saharda berilgan “Trevoga” signalidan so‘ng, garnizonda joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi.

Mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida garnizon hududidagi harbiy obyektlarni qo‘riqlash va himoya qilish rejimi kuchaytirilib, bo‘linmalarning harbiy texnikalarda “Termiz” poligoniga chiqib ketishi ta’minlandi.

Poligonga chiqqan bo‘linmalar mobil boshqaruv punktlarini yoyib, ishga tushirdi. Tekshiruv davomida harbiy xizmatchilarning taktik tayyorgarligi, topografiya, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish va boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilishi boshlandi.

Bir necha kun davom etadigan to‘satdan tekshiruvni o‘tkazishdan maqsad batalyon taktik guruhlarining jangovar shayligi, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, harbiy texnika va qurol-aslahalardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari sinaladi.

To‘satdan tekshiruv davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют