» » Fotoreportaj: Andijondagi harbiy qism xizmatchilari 5 kunlik jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etildi

Fotoreportaj: Andijondagi harbiy qism xizmatchilari 5 kunlik jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etildi


Andijon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘quv yili rejasiga asosan 5 kunlik jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Harbiylar o‘zlariga biriktirilgan qurol-aslahalar bilan maydonda saf tortgan harbiy xizmatchilarga batalyon komandiri tomonidan harbiy-siyosiy vaziyat, shartli dushman va uni yengish usullari yetkazildi hamda jangovar buyruq berildi. Qisqa vaqtda tayyorlangan shaxsiy tarkib 30 dan ziyod jangovar texnikalarda 120 km masofaga marsh yurdi.

Dala o‘quv maydoniga yetib kelgan bo‘linmalar bilan 10 ta o‘quv joyida amaliy mashqlar tashkil etildi. Taktika, topografiya, muhandislik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, aloqa tayyorgarligi, jangovar mashinalarni boshqarish, qurollardan kunduzi va tunda o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan harbiy mashqlar harbiylarning bilim va malakasini oshirishga xizmat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют