» » Jizzaxda maxsus guruh o‘quvchilari harbiy qism va muassasalar faoliyati bilan tanishdi (fotoreportaj)

Jizzaxda maxsus guruh o‘quvchilari harbiy qism va muassasalar faoliyati bilan tanishdi (fotoreportaj)


Jizzax davlat politexnika instituti qoshidagi akademik litsey hamda Jizzax pedagogika kolleji maxsus guruh o‘quvchilari bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari, harbiy qism va muassasalar, dala-o‘quv maydonlariga ekskursiyalar uyushtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maxsus guruh o‘quvchilari dastlab Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida mehmon bo‘ldi. Oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘quvchilar o‘quv jarayoni va kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Vertolyot va samolyotlarning taktik-texnik xususiyatlarini o‘rganish barobarida otish tayyorgarligi, harbiy topografiya, umumiy taktika, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish mashg‘ulotlaridan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini boyitdi.

Oliy harbiy ta’lim muassasasidan so‘ng o‘quvchilar Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joylashgan harbiy uchuvchilarning o‘quv markazida bo‘lib, ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi.

“Maxsus guruh o‘quvchilari Vatan himoyachilarining hayoti, faoliyati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarini nafaqat kuzatdi, balki bevosita ishtirokchiga ham aylandi. Dala-o‘quv maydonidagi yigitlar harbiy xizmatchilardek tanovul qildi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют