» » Senatorlar Xorazm, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash saviyasini qoniqarsiz deb topdi

Senatorlar Xorazm, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash saviyasini qoniqarsiz deb topdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiylarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda senatorlar, mudofaa, ichki ishlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, tegishli harbiy ta’lim muassasalari, Davlat test markazi, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Muhokama chog‘ida senatorlar qayd etganlaridek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida hamda ushbu hujjat bilan tasdiqlangan tegishli Dasturda harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

Ushbu hujjatlarda oliy harbiy bilim yurtlariga kirish uchun nomzodlarni tanlash talablarini oshirish, kollej va litseylar faoliyatini samarali tashkil etishga doir zarur tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlar majmuini belgilash hamda ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan. Kollej va litseylar zimmasiga oliy harbiy bilim yurtlariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan.

Yuqorida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiylarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tizimining amaldagi mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga doimiy e’tibor qaratishni talab qilishi tadbir ishtirokchilari tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Ishtirokchilar fikricha, harbiy ta’lim jarayoniga o‘qitishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga munosib bo‘lgan iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni erta aniqlab, tanlab olish orqali saralash sifatini oshirish hamda shu maqsadda har bir mintaqada 2-3 kasb-hunar kolleji va litseyini belgilab olish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Monitoringning ko‘rsatishicha, Xorazm, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlashning o‘quv-moddiy bazasi saviyasi yetarli emas. Ushbu ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan va mavjud salohiyatdan yetarli darajada foydalanilmagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют