» » Mudofaa vazirligi vakillari Qoraqalpog‘iston Xalq qabulxonasi tajribasini o‘rgandi

Mudofaa vazirligi vakillari Qoraqalpog‘iston Xalq qabulxonasi tajribasini o‘rgandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasida harbiylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasida bu yerga keluvchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlangan. 

Ana shu imkoniyatlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va uning tarkibidagi harbiy okruglar, o‘quv muassasalari rahbarlari Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari H.Xalimov ishtirokchilarni xalq bilan muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni rasmiylashtirish tartiblari, ular hal etilishini nazorat qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. 

Xalq qabulxonasi o‘z faoliyatini boshlagandan buyon o‘tgan qisqa vaqtda 1,5 mingdan ziyod fuqaro murojaat qilgan. Murojaatlar qonunga muvofiq belgilangan muddatlarda, sifatli va xolisona ko‘rib chiqilmoqda. 

Yaqin kunlarda vazirlik va uning tasarrufidagi harbiy okruglarda Xalq qabulxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Biz bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini, bu borada to‘plangan tajribalarni o‘rgandik.

Sh.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili, polkovnik 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют