» » Qoraqalpog‘istonda Xalq qabulxonasiga tushayotgan aksariyat murojaatlar qaysi sohalarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda Xalq qabulxonasiga tushayotgan aksariyat murojaatlar qaysi sohalarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari Hakimboy Halimov qabulxonaga qaysi yo‘nalishlarda ko‘proq murojaatlar tushayotgani haqida “Gulayim” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.

“Bugun aholining siyosiy savodxonligi, huquqiy madaniyati tobora yuksalib bormoqda. Buning yaqqol tasdig‘ini Xalq qabulxonalariga qilinayotgan fuqarolar murojaatlardan ham bilsak bo‘ladi. Binobarin, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanmoqda. Ular shaxsiy hayotda, qolaversa joylardagi muammo va kamchiliklarga befarq bo‘lmay, ijobiy yechim topish yo‘lida harakat qilmoqda.

Shu kunga qadar fuqarolarimizdan 1000 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyati bandlik, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal to‘lovlar, tibbiyot hamda tadbirkorlik sohalariga tegishli. Xalq qabulxonasiga qilingan murojaatlarning har biri qat’i nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga jo‘natilmoqda. Murojaatlar mazmuniga ko‘ra 15 kundan 2 oy davomida ko‘rib chiqilmoqda. Hozirga qadar fuqarolarimizning ko‘plab murojaatlari ijobiy yechim topdi”, — deydi H.Halimov.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют