» » Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari harbiy qism faoliyati bilan tanishdi (foto)

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari harbiy qism faoliyati bilan tanishdi (foto)


Yangiyo‘l shahridagi 62-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ekskursiya bilan Toshkent viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bu yerda o‘quvchi-yoshlar harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’minot masalalari va ularning xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya yakunida ular askarlar bilan yangi ishga tushirilgan oshxonada birga tushlik qildi.

Qayta ta’mirlanib, ishga tushirilgan mazkur oshxona muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ijtimoiy himoyasini, jumladan, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish va ularning dasturxonini milliy taomlar bilan yanada boyitishni ta’minlaydi.

Shu kuni harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют