» » Chirchiqda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Chirchiqda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi


Chirchiq shahrida “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishini shahar aholisi, o‘quvchi yoshlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomosha qildi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti tomonidan tayyorlangan mazkur festival bilim yurtining faxriy qorovul bo‘linmasi ijro etgan shou-parad bilan boshlandi. Shundan so‘ng tomoshabinlar diqqatiga kursantlarning qo‘l jangi elementlaridan iborat jangovar tayyorgarlik mashqlari namoyish etildi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi batalon joylashgan hududda yoshlar askarlarga yaratilgan qulay va manzur sharoitlar, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari ko‘rsatildi.

Ishtirokchilarning qiziqishini zamonaviy qurol va harbiy texnikalar namoyishi orttirdi. O‘quv joylarida ko‘rsatilgan jangovar mashinalar, artilleriya qurilmalari, aloqa va kimyoviy hujumlardan himoyalanish vositalari, o‘qotar qurollar, ayniqsa, yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют