» » “O‘zbekkino” va “Soyuzmultfilm” hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin multserialini ishlaydi

“O‘zbekkino” va “Soyuzmultfilm” hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin multserialini ishlaydi


“O‘zbekkino” va Rossiyaning “Soyuzmultfilm” studiyasi hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion serial ishlaydi. Bu haqda “O‘zbekkino” agentligi tomonidan ma’lum qilindi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi delegatsiyasi Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida “Soyuzmultfilm” studiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi hamda hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion serial ishlashga kelishib oldi.

“Biz 20 yildan beri O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kutayotgandik. Xo‘ja Nasriddin haqidagi animatsion serialni yaratish g‘oyasini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaymiz. Hamma katta yoshlilar bu ajoyib qahramon haqidagi afsonalarni eshitib ulg‘aygan. Ushbu qahramon orqali Buxoro va Samarqandni ham tomoshabinga to‘laroq ko‘rsatib berish mumkin”, — deb ta’kidladi “Soyuzmultfilm” kinostudiyasining bosh direktori Boris Mashkovsev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют