» » FVV ikki fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgan Quyichirchiqdagi portlash sababini ma’lum qildi

FVV ikki fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgan Quyichirchiqdagi portlash sababini ma’lum qildi


FVV 11-noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, “Surum” MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan uyda sodir bo‘lgan portlash sababini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida 2 fuqaro voqea joyida vafot etgan, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur vaziyat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o‘rganildi va taxminiy xulosa taqdim etildi. Unga ko‘ra, gaz quvurining nosozligi tufayli, tabiiy gaz yer osti orqali sizib chiqib, xonadonga tortilgan kanalizatsiya tizimi orqali xonalar ichiga to‘plangan.

Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют