» » Odam miyasi haqidagi 5 ta uydirma

Odam miyasi haqidagi 5 ta uydirma


Bizning miyamiz — tabiatning eng g‘aroyib mo‘jizalaridan biri. Ammo hozirgacha odamning bosh fikrlash markazi borasida uydirmalar va yanglish fikrlar bor.

1907-yilda mashhur psixolog Uilyam Jeyms: “Biz o‘z aqliy imkoniyatlarimizning juda kichik qismini ishlatamiz”, — dedi. Keyinroq jurnalistlardan biri oddiy odam o‘z aqliy salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanishi aytdi. Ammo miya skanerlanganida biz uning hamma qismini ishlatishimizni ko‘rsatdi, miyaning barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida ishlatmasak-da, uning 100 foizidan foydalanamiz.

90-yillarda AQShda yosh ota-onalar orasida klassik musiqadan iborat disklar tarqalib ketdi. Har bitta CD muqovasiga “Umid qilamanki, chaqalog‘ingiz yoshligidan aqlliroq bo‘ladi” deb yozilgan edi. G‘oya kishini o‘ziga tortsa-da, “Motsart effekti” deb ataluvchi hodisa shunchaki uydirma.

So‘nggi 130 yil davomida olimlar kattalarda miya hujayrasi o‘sishini qayd eta olmadi. Ammo shvetsiyalik olimlar miyaning yangi hujayralari gippokampda — xotira saqlanishida ishtirok etuvchi tuzilmada shakllanishini ko‘rsatib berdi. Regeneratsiyaning muayyan tezligi hujayralarda doimiy ravishda saqlanib turadi.

Erkaklar va ayollar miyasi ahamiyatsiz anatomik farqqa ega ekanligigina rasman tasdiqlangan. Xotira uchun javob beruvchi gippokampus, odatda ayollarda yirikroq bo‘ladi, miyaning “hissiy” qismlaridan biri — bodomsimon jism esa erkaklarda kattaroq bo‘ladi. Tajribalar tasdiqlashicha, gender tafovutlari biologiya emas, balki madaniy xususiyatlardandir.

Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kolleji olimlari 2011-yilda tadqiqot o‘tkazib, krossvord 75—85 yoshdagi odamlarda xotira yomonlashishini sekinlashtirishini, ammo keksalikda paydo bo‘ladigan aqli zaiflikning ilk belgilari kuzatilgan bemorlarda uni tezlashtirishini (hozircha tushunarsiz sabablarga ko‘ra) aniqladi. Bugungi kunda olimlarning ko‘pchiligi krossvord yechish hech qanday zarar keltirmasligiga qo‘shiladi. Ammo u sizga qayerdadir unutib qoldirilgan kalitni tez topishda yordam berishini kutish kerak emas.

Manba: “Sciencedaily.com”

Опубликовано: admin (3-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют