» » Shomurodov yanvardayoq “Rostov”ni tark etishi mumkin. Jamoa moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda

Shomurodov yanvardayoq “Rostov”ni tark etishi mumkin. Jamoa moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda


“Rostov” klubi moliyaviy muammolarga duch kelmoqda, deya xabar qilmoqda “Sport-Ekspress”.

Klub uch oydan buyon futbolchilarga maosh va mukofot pullarini to‘liq bera olmayapti. Rostov shahri klubi yetarli darajada homiylarga ega, biroq so‘nggi vaqtlarda ular jamoaga yordam bermayapti.

Shu sabab klub qishki transfer oynasida bir nechta futbolchisini sotishga majbur bo‘lishi aytilmoqda. Ular ichida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor.

Shuningdek, “Rostov” himoyachi Dmitriy Chistyakov, yarim himoyachilar Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeryominko va Aleksey Ionovlarni ham transferga qo‘yishni reja qilgan. Yana rostovliklar ustozi Valeriy Karpin ham ketishi kutilmoqda.

Shomurodov ayni damda 10 ta gol urgan holda Rossiya chempionati to‘purari bo‘lib turibdi. Avvalroq futbolchiga “Shtutgart” va SSKA jamoalaridan taklif borligi xabar qilingan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют