» » Ekologiya qo‘mitasi: Toshkent shahridagi atmosfera holatini bitta qurilma bilan aniqlab bo‘lmaydi

Ekologiya qo‘mitasi: Toshkent shahridagi atmosfera holatini bitta qurilma bilan aniqlab bo‘lmaydi


Xalqaro matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda ishtirok etgan O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Toshkent shahri atmosferasi ifloslanganligi darajasi bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qo‘mita vakili Umidjon Abdujalilovning fikricha, Toshkent shahridagi atmosferani birgina qurilma orqali aniqlash to‘g‘ri natija bermaydi.

Umidjon Abdujalilovning qayd etishicha, Airvisual.com sayti tomonidan aniqlanayotgan Toshkent shahridagi atmosfera buzilganligi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan yili noyabr oyidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshlagan.

Mavzuga doir: O‘zgidromet: Toshkent havosida zararli moddalar ruxsat etilgan me’yordan oshdi

Qo‘mita vakiliga ko‘ra, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasida 2018-yil iyun oyida havoni ifloslanganligi ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan qurilma o‘rnatilgan.

O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi ham 65 ta nuqtada bu singari qurilmalarni o‘rnatgan. Ushbu qurilmalarning 13 tasi Toshkent shahrida joylashgan.

Qayd etilishicha, markaz tomonidan bu qurilmalar orqali har kuni uch marotaba namunalar olinadi. Ayrim nuqtalarda o‘rnatilgan qurilmalar ko‘rsatkichlari me’yorlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Xususan, Toshkent shahrida ham.

Umidjon Abdujalilov bunga sabab sifatida shaharda juda ko‘p qurilish korxonalari ish olib borayotganini ko‘rsatdi. “Shu sababli AQShning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘rnatilgan qurilma ifloslanish darajasini baland ko‘rsatmoqda”, — deydi qo‘mita xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu qurilma natijalari asosida Toshkent shahridagi havoga baho berish mumkin, degan fikrni ilgari surmoqda.

“Biroq Toshkent shahridagi atmosfera holatini birgina qurilma bilan aniqlab bo‘lmaydi. Agar haqiqatan ham shu ko‘rsatkich to‘g‘ri bo‘lganida, Toshkent shahrida kasalliklar soni juda ko‘p bo‘lishi kerak edi”, — deydi Umidjon Abdujalilov.

Mavzuga doir: Toshkent jahonning havosi eng iflos shaharlari reytingida 2-o‘rinni egalladi. “O‘zgidromet” ushbu ma’lumotga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют