» » O‘zbekistonda ifloslantiruvchi moddalar chiqarish bog‘liq faoliyat IIV tomonidan ham to‘xtatib qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda ifloslantiruvchi moddalar chiqarish bog‘liq faoliyat IIV tomonidan ham to‘xtatib qo‘yilishi mumkin


“Atmosfera havosini muhofaza qilish qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan hukumat hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Unga muvofiq, hukumat atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydi.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarish normativlari hukumat tomonidan belgilanadigan bo‘ldi. Ilgari bu normativlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan.

Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning normativlarini buzish bilan bog‘liq faoliyat endilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Ilgari bu cheklovlar faqat hokimliklar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.

Endilikda ozonni buzuvchi moddalar importi va eksporti ekologiya organlari ruxsatnomalari asosidagina amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют