» » O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida ta’lim sifati o‘rganiladi

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida ta’lim sifati o‘rganiladi


Joriy yilning 11—30-noyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlaridagi ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va maktab-internatlarining faoliyati o‘rganiladi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish ishlari Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda olib boriladi.

O‘rganishlar davomida ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘quv tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifati, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilimi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari va me’yorlariga amal qilinishi kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. DTM tomonidan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun ixtisoslashtirilgan fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi.

Natijalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini, ulardagi ta’lim sifatini kelgusida yanada takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 138) ( 0) ( 137) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют