» » Toshkentdagi 180-maktab vaziyati bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi aniqlik kiritdi

Toshkentdagi 180-maktab vaziyati bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi aniqlik kiritdi


Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan binosi vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

180-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi binosi 1963-yilda qurilgan bo‘lib, ta’lim maskani 964 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda maktabda 2021 o‘quvchi tahsil olmoqda.

O‘tgan o‘quv yilida 167-sonli (180A) davlat umumta’lim muassasasi 180-IDUMga tarmoq maktabi sifatida biriktirilgan. Mazkur maktab 520 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, o‘quvchilar soni ko‘payib, qo‘shimcha 420 nafar o‘quvchi qabul qilingan.

O‘quvchilarga ta’lim olish uchun sharoit yaratish maqsadida 180-ixtisoslashtirilgan maktabga 1,2 ming o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji binosidan 2019—2020-o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish imkoniyati berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют