» » Shahrixondagi Karnaychida 5,5 mlrd so‘mga yangi maktab qurilishi boshlandi

Shahrixondagi Karnaychida 5,5 mlrd so‘mga yangi maktab qurilishi boshlandi


Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8-umumta’lim maktabi filialida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun 520 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 66-umumta’lim maktabi binosini qurish ishlari boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mutalibjon Yo‘lchiyevning ma’lum qilishicha, 1989-yilda hududdagi salkam 2 gektarlik yer maydonida 320 o‘rinli maktab binosi qurish ishlari boshlanib, noma’lum sabablarga ko‘ra tugallanmagan. Shu sababli mahallada yashovchi 520 nafar o‘quvchi serqatnov “Osh-Andijon-Toshkent” avtomobil magistral yo‘lida joylashgan 39-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuqori qavatida faoliyat olib borgan 8-umumta’lim maktabi filialida har kuni yo‘lni kesib o‘tish orqali o‘qib kelgan.

— Yildan yilga mashinalar qatnovi ko‘paymoqda, — deydi mahalla oqsoqoli Mahmudjon A’zimov. – Yuragimiz bezib ketgan. Sababi so‘nggi 3–4 yil orasida shy yerda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 8 nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohati olgan. Afsuski, hayotdan bevaqt ko‘z yumganlari ham bor. Shularni o‘ylab bir necha bor mutasaddi tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilganmiz. Chiqmagan jondan umid deb, yaqinda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tugallanmagan maktab binosini qurilishini davom ettirib, bitirib berishini so‘rab yozma ravishda iltimos qildik.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining aytishicha, 17-aprel kuni viloyat hokimi ushbu hududga tashrif buyurib to‘xtab qolgan qurilishni boshlab, binoni 520 o‘ringa mo‘ljallab, Mustaqillik bayramigacha bitkazish bo‘yicha topshiriqlarni bergan va buning uchun mahalliy budjet hisobidan 5 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilishini, inshootni “ARK servis montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etishini bildirgan. Shuningdek, ushbu bilim dargohi filial bo‘lib emas, alohida yangi 66-maktab sifatida foydalanishga topshirilishini ma’lum qilgan. Shu kunning o‘zida mahalla oqsoqollari ishtirokida qo‘y so‘yilib, ehson oshi qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют