» » “Obod qishloq” loyihasi Jizzaxdan so‘ng Qoraqalpog‘istonda davom etmoqda

“Obod qishloq” loyihasi Jizzaxdan so‘ng Qoraqalpog‘istonda davom etmoqda


Qoraqalpog‘istonda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida qayta qurish, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Buni Beruniy tumanidagi “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini, “Xorazm” va “Palvash” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Beruniy tumanining eng chekka hududida joylashgan Paxtachi qishlog‘ida ko‘pdan buyon ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yig‘ilib qolgan edi. Qishloq ko‘chalari bo‘ylab fuqarolar o‘zboshimchalik bilan hech qanday talab va me’yorga javob bermaydigan noqonuniy binolarni qurib tashlagan, ichki yo‘llar achinarli ahvolda edi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan ishda barcha xayrixohlik bilan qatnashmoqda. Qishloqni obodonlashtirish maqsadida hududdagi 66 uy-joyning tom qismi, 157 xonadonning fasadi ta’mirlanib, bo‘yash ishlari olib borilmoqda. Noqonuniy qurilishlar buzilmoqda. Shuningdek 4,7 kilometr masofadagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarga qum, shag‘al yotqizish, 1,5 kilometr masofadagi yo‘llarni ta’mirlash, 26-umumta’lim maktabi, 56-maktabgacha ta’lim muassasasi binolarida qayta ta’mirlash ishlari avjida.

— Haqiqatdan ham, ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan muammolar Prezident tashabbusi bilan o‘zining ijobiy yechimini topmoqda, — deydi “Xorazm” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyor Abdullayev. — Qishlog‘imizda turli millat vakillari bir oiladek inoq yashab, mehnat qiladi. Bunday ezgu ishlardan qishloq ahli minnatdor.

Bu kabi xayrli ishlar mahallaning Kat ko‘chasida ham amalga oshirilmoqda. Mazkur ko‘chadagi 9 qavatli uy-joylarning tom, fasad qismlari ta’mirlanib, noqonuniy qurilishlar olib tashlanmoqda. Uylarning kirish eshiklari va yo‘laklari qayta ta’mirlanib, elektr lampalar o‘rnatilmoqda. Bolalar maydonchasi, avtomobil turar joylari qurilmoqda. Piyodalar yurish yo‘laklariga beton qoplamalar yotqizilib, ko‘chalarga tungi yoritgichlar o‘rnatilmoqda.

“Palvash” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 52-umumta’lim maktabi binosi va 1,5 kilometr masofadagi yo‘l ta’mirlandi. 700 metr piyodalar yo‘lagi qurilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bunday ezgu ishlarda fermer xo‘jaliklari ham faol ishtirok etib, obodonlashtirish va qurilish ishlarida mehnat qilayotgan ishchilarni issiq ovqat bilan ta’minlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют