» » Shavkat Mirziyoyev: “Obod qishloq” dasturi odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi

Shavkat Mirziyoyev: “Obod qishloq” dasturi odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi


Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chekka hududda joylashgan bu qishloq e’tibordan chetda qolgan edi. Davlat rahbari tashabbusi bilan bu yerda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. 34 ta ko‘p qavatli uyning tomi to‘liq qayta yopildi, rejasiz qurib tashlangan ko‘rimsiz narsalar olib tashlanib, yangidan yordamchi binolar qurildi. Savdo va maishiy xizmat shoxobchalari qurildi. Atrofga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 6,5 kilometr uzunlikdagi suv quvuri yotqizildi. 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida tozalandi. Ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida ikkita tikuvchilik sexi ishga tushirilib, 120 dan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.

Qishloq vrachlik punkti o‘rnida zamonaviy oilaviy poliklinika bunyod etildi. Prezident ushbu poliklinikani kirib ko‘rdi. Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Ikkita umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim muassasalari to‘liq ta’mirlanib, qayta jihozlandi. 17 ta bolalar maydonchasi qurildi. Minifutbol maydonlari, 250 o‘rinli stadion barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi.

“Maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratyapmiz, hamma joyda zamonaviy bog‘chalar quryapmiz. Lekin uning fayzi, barakasi, asosiy maqsad-muddaosi tarbiyada, — dedi Prezident. — Farzandlarimizni bolalikdan yaxshi tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topib ketadi”.

Davlat rahbari yangi qurib, foydalanishga topshirilgan novvoyxonaga ham kirdi.

Prezidentning shu yil 29-martdagi ‘Obod qishloq’ dasturi to‘g‘risidagi farmoni mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

“Bu ishlar aholi turmush tarzini yaxshilaydi, yurtimizni obod qiladi. Eng muhimi, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют