» » Qoraqalpog‘istonda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘istonda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda


Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi “Ushsay” va Taxtako‘pir tumanining “Qara oy” qishloq fuqarolar yig‘inida 10—11-mart kunlari o‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy birlashmalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha dala-namoyish seminarlari o‘tkazildi. Bu haqda BMT Taraqqiyot Dasturi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlar o‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy birlashmalar vakillari uchun landshaftlar darajasida amalga oshiriladigan moslashish choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirlarni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarlar O‘zbekistonning turli hududlarida joriy yilning 10—17-mart kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan turkum tadbirlarni boshlab berdi.

Dala-namoyish seminarlari ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi hamjamiyatlarini amalda iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish bo‘yicha turli yondashuvlar va chora-tadbirlar, agro va suv tejash texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatini berdi.

13—18-mart kunlari loyihaning beshta — Kegeyli, Qanliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlarida agro va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

14—17-mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining gidrometriya sohasidagi mutaxassislari suv sarfini avtomatik o‘lchash tizimini ishlatishga o‘rganadi.

Loyihaning namunaviy tumanlarida iqlim o‘zgarishi va landshaftlar darajasida moslashuv choralarini amalga oshirish masalalari milliy va mahalliy o‘rmon xo‘jaliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali vakillari ishtirokida 15-mart kuni Nukus shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda muhokama qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют