» » Qoraqalpog‘istonda BMTning xotin-qizlar tadbirkorligi rivojiga ko‘mak beruvchi seminarlari bo‘lib o‘tadi

Qoraqalpog‘istonda BMTning xotin-qizlar tadbirkorligi rivojiga ko‘mak beruvchi seminarlari bo‘lib o‘tadi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining uchta tumanida yashovchi 150 nafardan ortiq ayollar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha seminar-treninglarda ishtirok etadi. Bu haqda BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga xabar berdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning Qo‘shma “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi o‘zida belgilangan uchta: Taxtako‘pir, Mo‘ynoq va Shumanay namunaviy tumanlarida ayollar uchun seminarlarni tashkil qilmoqda. Seminarlarga faqat uy xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan va o‘z biznesini ochish niyatida bo‘lgan hamda ixtisosligini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan mahalliy xotin-qizlar taklif etiladi.

Tahsil beruvchi seminarlar interfaol taqdimotlar shaklida o‘tkaziladi. O‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi “Tadbirkor ayol”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi maslahatchilari tadbirkorlikning imkoniyatlari va istiqbollari, mijozlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari, malakani oshirish bo‘yicha mavjud kurslar va yangi hunarmandchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lish haqida o‘z tajribalarini so‘zlab beradi.

Trening ishtirokchilari biznesni olib borish, qanday qilib tadbirkorlikni boshlash, xatarliklar va afzalliklarni tahlil qilish (SWOT-tahlil), dastlabki sarmoyani shakllantirish asoslari bilan tanishadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari masalalari, oilaviy biznesni yaratish fazilatlari, imtiyozli kreditlarni olish imkoniyatlari, hisobotlarni topshirish, soliqlarga tortilish va biznes rejani tuzish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Seminarlar 9–10, 14–15 va 23–24-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar biznesni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan axborot oladi, shaxsiy o‘sish va turmush darajasini oshirish uchun oila farovonligiga hissa qo‘shish imkoniyatlari bilan tanishadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют