» » Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari o‘zgardi

Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari o‘zgardi


Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rayosatining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda shu kunga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Dilshoda Haydarova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod  etildi.

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mazkur lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza O‘rolova nomzodini tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritdi.

Taklif rayosat a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘ribosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют