» » Toshkentda Zulfiya haykali poyida shoiraning tavallud kuni nishonlandi

Toshkentda Zulfiya haykali poyida shoiraning tavallud kuni nishonlandi


1-mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Zulfiya haykali poyida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Xabar berishlaricha, tadbir Toshkent shahar hokimligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda shoiraning Vatan, bahor, ayollarni, beg‘ubor insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi she’rlaridan namunalar yangradi. Shoira so‘zi bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Ijodkor haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib bo‘lish yurtimizdagi barcha qizlarning orzusi. Xalqimizga, Vatanimizga, yurtimizning ardoqli shoirasi nomiga munosib bo‘lish bizning burchimiz.

Farida Toshpo‘latova, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют