» » O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan an’anaviy tadbirda Navoiy g‘azallari ingliz tilida o‘qildi

O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan an’anaviy tadbirda Navoiy g‘azallari ingliz tilida o‘qildi


O‘zbekiston Milliy bog‘ida 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbir bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, Budapesht universitetining turkologiya bo‘limi mudiri, vengriyalik navoiyshunos olim Benedek Peri, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Dinora Sultonova va boshqalar qatnashgan.

Tadbirda Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘zbek va ingliz tillarida o‘qildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Mirpo‘lat Mirzo “Navoiyga ehtirom” she’rini o‘qidi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Ilyos Arabov ijrosida shoir g‘azallari bilan kuylanuvchi ashulalar ijro etildi. Anjuman ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Shu kuni poytaxtimizdagi Shoirlar xiyobonida mushoira bo‘lib o‘tdi. Yosh shoirlar Jo‘rabek Jahon va Bahodir Bahrom Navoiyga atalgan she’rlarini o‘qidi.

Ta’lim muassasalarining o‘quvchilari Navoiy g‘azal va ruboyilari, hikmatli so‘zlarini o‘zbek va xorijiy tillarda o‘qib berdi.

“Bunday ma’rifiy tadbirlar, ijodiy muloqotlar, anjumanlar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют