» » Taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan vafot etdi

Taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan vafot etdi


O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8-fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Millionlarning sevimli suxandoni, sermahsul jurnalist, bag‘ri keng ustoz Maqsudova Nasiba Murodovna yurak xuruji oqibatida 8-fevral kuni vafot etdi. Televideniyega ilk qadam qo‘yganiga 55 yil, suxandon lavozimiga ishga qabul qilinganiga 50 yil to‘lgan, bir necha yuzlab mualliflik ko‘rsatuvlari tayyorlab, o‘zining ko‘p millionli tomoshabinlariga ega bo‘lgan.

Muslimbek Yo‘ldoshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Avvalroq Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqani, insultni boshdan kechirib, shifoxonaga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Nasiba Maqsudova “Shuhrat” medali, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi bo‘lgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют