» » Erkin Komilov: Xatoni o‘zimizdan izlasak to‘g‘ri bo‘ladi — biz yoshlarga ibrat bo‘lishimiz kerak

Erkin Komilov: Xatoni o‘zimizdan izlasak to‘g‘ri bo‘ladi — biz yoshlarga ibrat bo‘lishimiz kerak


Navoiyda “Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida respublika seminari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan. Xabar berishlaricha, seminarda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov so‘zga chiqqan.

Tadbir Navoiy shahridagi “Kamolot” kitob dunyosi” do‘koni faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Bu yerda 400 dan ziyod nomdagi kitoblar sotilmoqda.

Yoshlar markazida kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi hamda taniqli shoir-yozuvchilar, teatr va kino aktyorlari ishtirokida “Men sevgan kitob” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Biz — urushdan keyingi avlod og‘ir zamonlarda ulg‘aydik. Shu bois bugungi yoshlarimizga havasim keladi. Bugun farzandlarimiz uchun hamma sharoit bor, faqat o‘qish va izlanish talab etiladi. Biz, kattalar ba’zida farzandimizni kitob o‘qimaslikda ayblaymiz. Aslida xatoni o‘zimizdan izlasak to‘g‘ri bo‘ladi, ya’ni o‘zimiz yoshlarga ibrat bo‘lishimiz kerak.

Erkin Komilov, O‘zbekiston xalq artisti

Seminar davomida Nurota tumani yoshlari bilan uchrashuv, Said ota mahallasida kitobxonlik bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazilib, Nurota ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida mahalla yoshlari va o‘quvchilar ishtirokida “Zukko kitobxon” intellektual turniri tashkil etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют