» » O‘zbekistonlik dasturchi yosh kitobxonlar uchun mukofot jamg‘armasi 15 mln so‘m bo‘lgan tanlov e’lon qiladi

O‘zbekistonlik dasturchi yosh kitobxonlar uchun mukofot jamg‘armasi 15 mln so‘m bo‘lgan tanlov e’lon qiladi


O‘zbekistonlik dasturchi Alisher Tojiyev yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etuvchi tanlovni e’lon qilish arafasida ekanligini ma’lum qildi.

Tanlovda ishtirok etuvchi 14—17 yoshli o‘smirlarning 3 nafari 5 million so‘mdan jami 15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ladi. Hozirda tanlov shartlari qay tartibda bo‘lishini aniqlash va uning qoidalarini ishlab chiqish uchun internet tarmog‘ida so‘rovnoma joylashtirilgan.

Bu bilan ishtirokchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi emasman. Ular orzularidagi biror bir buyumni olishlari uchun kitob o‘qishlarini istayman. Kelajakda kitob o‘qishni davom ettirsalar, orzulariga yetishishlari uchun mening tanlovim yoki 5 million kerak bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, tahsil olgan maktabim kutubxonasiga 5 million so‘m miqdoridagi kitoblarni sovg‘a qilishni rejalashtirganman. O‘zim kitoblarni ulashish uchun taqdimotda qatnashib, eng sevimli asarlarimga izoh berib o‘tmoqchiman. Bu bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan boshqa tadbirkorlarni ham savob ishga chorlab qolaman.

Alisher Tojiyev, dasturchi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi. Shundan so‘ng mamlakatda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar yanada ko‘paydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 14:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют