» » Xitoyda 2020-yilgacha shahar aholisi uchun 50 million yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda

Xitoyda 2020-yilgacha shahar aholisi uchun 50 million yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda


Xitoy 2020-yilgacha shahar aholisi uchun 50 million yangi ish o‘rni yaratish va ishsizlik darajasini 5 foiz darajasida saqlab qolishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda mamlakat Davlat kengashi tomonidan chop etilgan va 2016—2020-yillarga mo‘ljallangan “Bandlikni rag‘batlantirish rejasi”da ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. 

O‘tgan yili Xitoyda 13,4 million ish o‘rni yaratildi, biroq istiqbolda mehnat bozori o‘sish sur’ati susayadi va o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 12,5 millionni tashkil etadi. 

Mehnat bozorini o‘quv yurtlarining 8 million bitiruvchisi va ko‘mir, sement hamda po‘lat quyish zavodlaridan bo‘shatilgan 1 million ishchi to‘ldirishi kutilmoqda. Biroq 2021-yilgacha mamlakatda 4,8 milliongacha bo‘lgan kishi pensiyaga chiqishi sababli yosh mutaxassislar ish o‘rinlarini topishda qiyinchilik sezmasligi bildirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, 2050-yilga kelib Xitoyning har uchinchi fuqarosi pensioner bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 12:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют