» » Toshkentda “Taraqqiyot strategiyasi“ Markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Taraqqiyot strategiyasi“ Markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahridagi “Zarafshon” konsert zalida 2017-yil 1-mart, chorshanba kuni, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Markaz davlat rahbari Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etilgan Markaz 2017-yil 23-fevralda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Markazning asosiy maqsadi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yillik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish va Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarni axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashdan iborat.

Markaz va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish va yoritish maqsadida bitim imzolangan. Taqdimot doirasida hamkorlik ishlarini amalga oshirish uchun “Zarafshon” konsert zali bazasida tashkil etilgan “MEDIA HALL NAESMI” media maydonning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: nodavlat notijorat tashkiloti maqomiga ega bo‘lgan “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi muassisligida tashkil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют