» » O‘zbekistonda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil qilindi

O‘zbekistonda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil qilindi


Bir qator jamoatchilik va davlat tashkilotlari tashabbusi bilan, 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini, shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil qilindi. Bu haqda O‘zbekiston elektron OAVlar milliy assotsiatsiyasi xabar berdi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazini tuzish davlat rahbarining farmoyishi bilan tasdiqlandi.

Nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta’sischilari Fuqarolik jamiyati shakllanishi monitoringi bo‘yicha mustaqil institut, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston advokatlari palatasi, Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, elektron OAVlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bo‘ldi.

Markazning faoliyati 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni ekspertlar va jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish, har tomonlama o‘rganib chiqish va amalga oshirishni samarali tarzda tashkil qilish, shuningdek, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspertlar va olimlarni faol jalb qilishga yo‘naltiriladi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют