» » Tojikistonda O‘zbekiston hisobidan maktab va shifoxona quriladi

Tojikistonda O‘zbekiston hisobidan maktab va shifoxona quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida Tojikistonda umumta’lim maktabi va ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha kelishuv imzolanadi. Bu haqda, Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib, “News.tj” xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, maktab O‘zbekiston davlat byudjeti hisobidan So‘g‘d viloyatining tumanlaridan birida quriladi, shifoxona bo‘lsa Xatlonda qad rostlashi kutilmoqda. Ayni vaqtda, manba bu qurilishlar uchun O‘zbekiston qancha pul sarflashi haqida ma’lumot bermagan.

“News.tj”ning qo‘shimcha qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyining dastlabki kunlarida Tojikistonga safar qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston mablag‘lari hisobidan 630 o‘rinli yangi maktab qurilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют